Qulay joylashuvga ega bozor — Ark Buloq!

📍Ulgurji bozor uchun joylashuv eng asosiy omillardan biri bo’lib bormoqda. Yengil transportlar sonining tobora ortib borishi gavjum bozorlarga yetib olish va qaytish vaqtini ancha uzaytiradi. Shu sababli shahrimizda zamonaviy tipdagi bozorlar barpo etilib, xaridorlar qulayligi uchun ishga tushirilmoqda.

🛵Ark Buloq Xalqaro Savdo Markazi M39 avtomobil trassasi yoqasida joylashganligi ko’plab qatnov masalalarini samarali hal etishda qo’l keladi. Avvalo xaridorlar uchun tirbandliklardan xoli serqatnov trassa bozorgacha o’z avtomobilingizda yetib olish imkonini yaratadi.

🛺Bozor oldidagi ulkan avtoturargoh esa ham katta, ham kichik avtotransportlar uchun mos keladi. Tijorat uchun yuk kelishi, yoki ulgurji xaridlarni amalga oshirishda yuk transportlari oson harakatlana oladi.

🔼Hozirda Ark Buloq Savdo Markazidan tayyor kadastrga ega hamda ijara daromadi kafolatlangan do’konlarni xarid qilishingiz mumkin. Do’konlar xaridorlarga ta’mirlangan holda topshiriladi.